Formativ va summativ baholash bo‘yicha xalqaro tajribaga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi

02.06.2026

Joriy yilning 2–3-iyun kunlari A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida JICA va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “Ta’lim sifatini takomillashtirish maqsadida ta’lim tadqiqotlari va baholash tizimi salohiyatini kuchaytirish” loyihasi doirasida seminar-trening tashkil etildi.

Unda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari, tadqiqot guruhi a’zolari hamda tajriba maktablarining 5-sinf matematika o‘qituvchilari hamda tadqiqot guruhi a’zolari ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘quvchilarning noto‘g‘ri javoblarini tahlil qilish, xatolarning kelib chiqish sabablarini aniqlash, formativ baholash yondashuvlarini dars jarayoniga tatbiq etish hamda o‘quvchilarning o‘zlashtirishidagi bo‘shliqlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdilar.

Shuningdek, seminar doirasida ta’lim siyosati va dasturlarini takomillashtirishga xizmat qiluvchi tadqiqotlarni rejalashtirish, guruhlar kesimida tadqiqot rejalarini ishlab chiqish, muhokama qilish va takomillashtirish bo‘yicha faol ishlar olib borildi.

Mazkur seminar ta’lim jarayonida dalillarga asoslangan qaror qabul qilish, o‘qituvchilarning baholash savodxonligini oshirish hamda o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga mos yondashuvlarni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Tadbirda ishtirok etish orqali amaliy tadqiqot, formativ baholash va o‘quvchilarning xato javoblarini chuqur tahlil qilish bo‘yicha muhim tajribalar almashildi.