Markaz raqami
+998 55 519-02-02
Markaz raqami
+998 55 519-02-02
Raqamli savodxonlik va innovatsion texnologiyalarni joriy etish boshqarmasi ta’lim tizimida raqamli savodxonlikni rivojlantirish, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda raqamli yechimlar asosida o‘qitish jarayonining samaradorligi va boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid ilmiy-uslubiy faoliyatni amalga oshiruvchi mustaqil tarkibiy bo‘linma hisoblanadi.
Boshqarmada quyidagi bo‘limlar mavjud:
– Raqamli pedagogika va mediata’limni rivojlantirish
bo‘limi;
– Raqamli texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy
etish bo‘limi.
Boshqarmaning asosiy vazifalari:
– ta’lim tizimida raqamli savodxonlikni oshirish va
ta’lim ishtirokchilarining raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishga
qaratilgan dasturlar, loyihalar hamda metodik materiallarni ishlab chiqish va
joriy etish;
– raqamli pedagogika, mediata’lim va zamonaviy
o‘qitish texnologiyalarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish, ilg‘or
xorijiy tajribalarni milliy sharoitga moslashtirish;
– ta’lim jarayonida sun’iy intellekt, virtual va
kengaytirilgan reallik, simulyatorlar, interfaol platformalar va boshqa
innovatsion texnologiyalardan foydalanish tizimini shakllantirish;
– maktabgacha va maktab ta’limi muassasalari uchun
raqamli o‘quv kontentlari, video darslar, interfaol mashg‘ulotlar, multimedia
resurslari va o‘quv platformalarini yaratish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
– ta’lim muassasalari faoliyatida innovatsion
yechimlar hamda raqamli boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ularning
samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
– raqamli ta’lim platformalari, ma’lumotlar bazalari
va o‘quv jarayonini boshqarish tizimlarini joriy etish hamda ular bo‘yicha
ilmiy-uslubiy tadqiqotlar olib borish;
– pedagoglarning raqamli kompetensiyalarini
rivojlantirishga doir qisqa muddatli malaka oshirish kurslari uchun kontent va
metodik materiallar tayyorlash;
– ta’lim tizimida innovatsion faoliyatni
rivojlantirish, ilg‘or texnologiyalarni tajriba-sinovdan o‘tkazish va ularni
amaliyotga joriy etish;
– raqamli ta’lim, mediata’lim va innovatsiyalar
yo‘nalishida tahliliy hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish, strategik
taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
– xalqaro tashkilotlar, donorlar va texnologik
kompaniyalar bilan hamkorlikda raqamli ta’lim va innovatsion texnologiyalarni
joriy etish bo‘yicha qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish.