
Joriy yilning 26-oktyabridan 11-noyabrigacha Xitoyning Shanxay shahrida joylashgan UNESCO Ta’lim markazida “Bir kamar, bir yo‘l almashuv loyihasi” xalqaro tadbiri bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur loyihada O‘zbekiston nomidan Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi xodimi ishtirok etmoqda.

Ushbu xalqaro anjuman “Sun’iy intellekt davrida o‘qituvchilar va o‘quvchilarning ijtimoiy-emotsional ta’limi” mavzusiga bag‘ishlanib, unda sun’iy intellektning ta’lim tizimiga ta’siri, imkoniyatlari hamda muammolari keng muhokama qilinmoqda.
Dastur doirasida ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy munozaralar o‘tkazilmoqda, shuningdek, Xitoyning ilg‘or ta’lim muassasalariga tashriflar tashkil etilgan.

Xalqaro loyiha o‘qituvchilar va ta’lim sohasi mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish, shuningdek, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.