Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markaziga rahbar tayinlandi

05.11.2025


Joriy yilning 4-noyabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari Hilola Umarova Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi yigʻilishini oʻtkazdi. 

Yigʻilish avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi oʻqib eshittirildi. 

Mazkur farmoyishga koʻra Risyukova Yuliya Vasilyevna Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori lavozimiga tayinlandi. 

Hilola Umarova Prezidentimiz tomonidan taʼlim sohasiga doir belgilab berilgan dolzarb vazifalarga toʻxtalar ekan, markazga vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda yangi loyihalarni samarali yo‘lga qo‘yish boʻyicha topshiriqlar berdi. 

Yigʻilish davomida markaz oldiga qoʻyilgan vazifalar va taʼlim sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. 

Yakunda taʼlim sohasidagi islohotlarni yanada takomillashtirish boʻyicha tegishli vazifalar belgilab berildi.