
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF–16-son Farmonida taʼlim jarayoni ishtirokchilarini psixologik qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida innovatsion pedagogik yondashuvlarni joriy etish, metodik qoʻllab-quvvatlash tizimini kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilab berilgan.
Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan joriy yilning 5–6-noyabr kuni Andijon va Farg‘ona viloyatlarida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagoglari pedagoglar uchun respublika miqyosida oʻtkazilgan innovatsion mahorat oshirishda taʼlim tizimidagi muhim voqealardan biri “Metodik marafon” tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbirda Respublikamizning boshqa hududlarida esa bir vaqtning o‘zida ZOOM onlayn platformasi orqali amalga oshirildi.
“Metodik marafon” tadbirini asosiy maqsadi taʼlim jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalarni, o‘qitishning samarali shakl va usullarini joriy etish, pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz oshirish va xalqaro baholash dasturlari tadqiqotlarining navbatdagi bosqichiga samarali tayyorgarlik ko‘rishga ko‘maklashishdan iborat.
“Metodik marafon” tadbirida belgilangan vazifalar:
umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida oʻquv-tarbiya jarayonini zamonaviy talablar asosida innovatsion usullar yordamida oʻqitishni taʼminlash;
xalqaro baholash dasturlari tadqiqotlarida oʻquvchilarning matematika, oʻqish, tabiiy-ilmiy yoʻnalishlari boʻyicha natijalariga koʻra boʻshliqlar bilan ishlash;
oʻquvchilarga mantiqiy fikrlash va samarali muloqot qilish, real hayotiy muammolarga yechim topa olishga yoʻnaltirilgan metodlarni oʻrgatish;
pedagog kadrlarning ilgʻor tajribalarini aniqlash, ommalashtirish va oʻzaro tajriba almashishlarini yoʻlga qoʻyish va qoʻllab-quvvatlash.
“Metodik marafon” tadbirining ZOOM onlayn platformasi orqali Respublikamiz har bir pedagogini qamrab olish mo‘ljallangan. Mamlakatimizning barcha hududlaridan jami 105 391 nafar pedagoglar ishtirok etdilar. Respublika miqyosidagi ushbu tadbirda 14 ta hududdagi studiyalar orqali pedagog mutaxassislar ham faol ishtirok etdi. Har bir hududdan 4 ta yoʻnalishda 10 nafardan trener-pedagoglar bir vaqtning oʻzida matematika, tabiiy-ilmiy, oʻqish va boshlangʻich taʼlim savodxonliklari boʻyicha Respublika miqyosida 20 ta hamda hududlar kesimida 350 dan ortiq mahorat darslari 370 nafar trener-pedagoglar tomonidan mashgʻulotlar oʻtkazildi. amaliy mashgʻulotlar oʻtkazdilar.
Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Y.V.Risyukova ochib berdi va tadbirga ishtirok etayotgan barcha pedagoglarga samimiy minnatdorchilik bildirdi. “Metodik marafon” tadbirini g‘oyaviy tashabbuskori Y.Risyukova shu o‘rinda, taʼlimda innovatsion yondashuvlarning dolzarbligi, pedagoglarning izlanuvchan faoliyatini qoʻllab-quvvatlash zarurligini alohida taʼkidladilar.
Metodik marafon har biri pedagog mahoratini oshirish va yangi innovatsiyalarni taqdim etish uchun mo‘ljallangan chuqur darslar bilan to‘ldirildi. Tadbirda ma'ruzachilarning turli xil tarkibi namoyish etildi, ularning har biri o'z tajribalari va tajribalarini stolga olib kelishdi.
Shuningdek, xalqaro darajadagi mutaxassislar ishtirokida ilmiy-tahliliy maʼruzalar tinglandi. Yaponiya Osaka universiteti katta ilmiy xodimi, tadqiqotchi S.Eshkobilov “Yaponiya taʼlimi yangiliklari, usullari va sinfni boshqarish” mavzusidagi maʼruzasida Yaponiya taʼlim tizimidagi innovatsion yondashuvlar, oʻquvchi faolligini oshirish usullari hamda sinf muhitini boshqarishning samarali modellarini taqdim etdi.
Shuningdek, Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bosh mutaxassisi J.Narziyev “PIRLS 2026 xalqaro tadqiqotiga tayyorgarlik: oʻquvchilarning raqamli oʻqish savodxonligini rivojlantirish” mavzusida maʼruza qildi. Unda raqamli muhitda oʻqish kompetensiyalarini shakllantirish usullari, axborotni tahlil qilish va tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirishning dolzarb jihatlari yoritildi.
Markaz tomonidan butun mamlakat bo‘ylab pedagoglarga o‘z hududlaridagi tadbirda qatnashish hamda hududidagi qolaversa, butun respublikadagi pedagoglar bilan innovatsiyalar, bilim va o‘zaro fikr almashish orqali taʼlim muhitini samaradorligini yana oshirish imkoniyatini taqdim etildi.
Tadbirning keyingi bosqichlarida pedagoglar uchun maqsadli auditoriyalar asosidagi mahorat darslari tashkil etildi. Ular tabiiy, aniq va filologiya fanlari hamda boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari yoʻnalishlariga ajratildi.
Mashgʻulotlar interaktiv usullar, guruhli ish shakllari va savol-javob formatida oʻtkazildi. Bu jarayon pedagoglar oʻrtasida tajriba almashish, yangicha oʻqitish strategiyalarini amaliyotga tatbiq etish imkonini yaratdi.
Tadbir davomida o‘tkazilgan tadbirlarning asosiy natijalari qatorida ma’ruzachilar quyidagilarni ta’kidladilar: yangicha oʻqitish usullarini oʻzlashtirish, raqamli taʼlim muhitida ishlash va xalqaro baholash mezonlariga mos dars modellarini yaratish borasida amaliy koʻnikmalarga ega boʻlish zaruriyati.
Tadbir ishtirokchilar fikricha, mazkur marafon ularning pedagogik mahoratini oshirish, innovatsion yondashuvlarni amaliyotga joriy etish va taʼlim sifatini taʼminlashda yangi bosqichga koʻtarilish uchun muhim qadam boʻldi.
“Metodik marafon” tadbirining yakunida pedagoglar uchun tashkil etilgan mazkur innovatsion mahorat marafoni mamlakat taʼlim tizimidagi islohotlarning izchil davomi sifatida ahamiyatga ega boʻldi. U nafaqat pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish, balki ularda xalqaro standartlarga mos ilmiy-metodik yondashuvni shakllantirishda ham samarali boʻldi.
Bunday tadbirlarning muntazam tashkil etilishi, albatta, Oʻzbekiston taʼlim tizimining barqaror rivojlanishi, pedagoglar salohiyatining ortishi va oʻquvchilarning xalqaro darajadagi dasturlarda raqobatbardoshligini taʼminlashga xizmat qiladi.