
Taʻlimni rivojlantirish markazi vakili Xitoyda oʻtayotgan “Bir kamar, bir yoʻl almashuv loyihasi”da ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.
Mazkur dastur doirasida Talimni rivojlantirish markazi xodimi “Oʻzbekistonda oʻqituvchi va oʻquvchilarning ijtimoiy va emotsional talimi” mavzusida taqdimot qildi. Mazkur tadbirda 20 tadan ortiq davlat vakillari ishtirok etdi.
Taqdimotida Oʻzbekistonda SEL (Social and Emotional Learning) boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, yurtimizda SI imkoniyatlaridan foydalanish holati, xalqaro tadqiqotlar (TALIS, PISA) asosida maʼlumotlar va milliy kontekstdagi loyihalar haqida soʻz bordi.
Shuningdek, milliy kontekstda SEL boʻyicha olib borilayotgan pilot loyihalar, tajribalar va maktablardagi amaliyotlar haqida fikr almashildi.
YUNESKO, YUNISEF va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikdagi faoliyat, SEL sohasidagi oʻrganish va tadqiqotlar kelgusidagi hamkorliklar uchun muhim qadam sifatida qayd etildi.