Ta’lim natijalarini baholash tizimini takomillashtirishga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi

12.12.2025

Joriy yilning 10–12-dekabr kunlari UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasida Smart-ED loyihasi doirasida “Ta’lim natijalarini baholash milliy modeli” mavzusidagi uch kunlik amaliy seminar o‘tkazildi.

Uch kun davom etgan qizg‘in jarayonlarda milliy va xalqaro ekspertlar tomonidan ta’lim natijalarini baholashning milliy modeli konseptual hujjatining asosiy bo‘limlari atroflicha muhokama qilindi.

Ishtirokchilar o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholashda xalqaro standartlarga mos keluvchi, shaffof va samarali milliy modelni yaratish, uning metodologik asoslarini takomillashtirish yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar. Mazkur yangi model kelgusida ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.