
Toshkent davlat agrar universitetida “Milliy Erasmus+ axborot kuni” bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli tadbirda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi vakili ham faol ishtirok etdi.
Tadbir doirasida Markaz mutaxassisi o‘z taqdimoti bilan qatnashib, ta’lim sifatini oshirishda xalqaro tajribaning o‘rni va hamkorlik imkoniyatlari xususida so‘z yuritdi.

Axborot kuni doirasida muhim amaliy muloqotlar ham tashkil etildi. Xususan, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti vakillari o‘rtasida samarali muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda xalqaro Erasmus+ dasturi doirasida yangi loyihalarni shakllantirish, grant dasturlarida hamkorlikda ishtirok etish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar loyihalarning boshlang‘ich yo‘nalishlari va hamkorlikning birlamchi mavzulari yuzasidan kelishib oldilar.

Ushbu hamkorlik ta’lim tizimiga ilg‘or xalqaro standartlarni joriy etish va pedagogik salohiyatni rivojlantirishda yangi imkoniyatlar eshigini ochishi kutilmoqda.