Talabalar uchun “Media savodxonlik va faktcheking” mavzusida seminar tashkil etildi

13.11.2025

Joriy yilning 13-noyabr kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti va Xalqaro Nordik universiteti bilan hamkorlikda talaba yoshlar uchun “Media savodxonlik va faktcheking” mavzusida seminar tashkil etildi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad yoshlarning axborot oqimida ishonchli manbalarni ajrata olish ko‘nikmalarini rivojlantirish, soxta va haqiqatga mos bo‘lmagan xabarlarni tanib olish, shuningdek, internetdagi xavfli axborotlardan himoyalanish madaniyatini oshirish hisoblanadi.

Seminar davomida Adliya vazirligi huzuridagi Multimedia markazi rahbari Sevara Urinbayeva media savodxonlikning dolzarbligi haqida ma’ruza qildi. 

Shuningdek, Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi Laylo Arslonova hamda O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tayanch doktoranti, “Mening yurtim” telekanali jurnalisti Umida Qodirova yoshlarni internetdagi xavfli axborotlardan himoya qilish masalalariga to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir davomida talabalar mutaxassislar bilan ochiq muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.