
Joriy yilning 13-noyabr kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan “PIRLS xalqaro tadqiqotiga tayyorgarlik: oʻquvchilarning raqamli savodxonligini rivojlantirish” mavzusida onlayn Meet up tashkil etildi. Unda respublikaning turli hududlaridan 1 000 nafardan ortiq pedagoglar ishtirok etdi.

Erkin muloqot va faol bahs-munozaralar ruhida oʻtgan tadbirda Buxoro viloyati Pedagogik mahorat markazi fizika va astronomiya fani metodisti Mohidil Teshayeva “Buxoro tajribasi” misolida PIRLS xalqaro tadqiqotiga tayyorgarlik koʻrish jarayonida oʻquvchilarning raqamli savodxonligini rivojlantirish boʻyicha bir qator nazariy va amaliy maʼlumotlar berdi.

Shuningdek, PIRLS tadqiqotida oʻqish savodxonligi darajalarining tavsiflanishi va ustuvor vazifalar haqida batafsil toʻxtalib oʻtildi. Bundan tashqari, www.pirls2026.uz platformasi orqali PIRLS xalqaro tadqiqotiga tayyorgarlik koʻrishda matnlar ustida ishlash hamda test topshiriqlarini amaliy bajarish yoʻlga qoʻyildi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.