Ona tili va adabiyot darslarida innovatsion metodlardan foydalanish bo‘yicha tajriba almashildi

18.11.2025

Joriy yilning 18-noyabr kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan “Innovatsion metodlar asosida darslarni samarali tashkil etish” mavzusida onlayn Meet up tashkil etildi.

Unda respublikamizning turli hududlaridan 500 nafarga yaqin pedagoglar ishtirok etdi.

Uchrashuvda Buxoro viloyati Pedagogik mahorat markazi o‘zbek tili fani metodisti Sarvinoz Daniyarova Ona tili va adabiyot darslarini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish, innovatsion metodlardan samarali foydalanish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Tadbir davomida dars jarayonida motivatsion muhit yaratish, dars jarayoniga interaktiv usullarni joriy etish hamda o‘quvchilarning faolligini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar o‘zaro muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.