
Joriy yilning 20-noyabr kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi huzuridagi Ilmiy-metodik kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlar vakillariga davlat tilini o‘rgatishga mo‘ljallangan o‘quv-metodik qo‘llanmalar, ko‘rgazmali materiallar yaratishga doir loyihalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
Shuningdek, markaz xodimlari tomonidan tayyorlangan “Mediasavodxonlik” bo‘yicha metodik qo‘llanma taqdim qilindi.

Tadbir yakunida kengashda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha hamkorlik va muloqotlarni davom ettirishga kelishib olindi.