“O‘zbekistonda inklyuziv ta’lim” mavzusida seminar o‘tkazildi

21.11.2025

Taʼlimni rivojlantirish markazi hamda Xalqaro Nordik Universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangani haqida avval xabar bergan edik.

Mazkur kelishuvlar doirasida Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida Xalqaro Nordik Universiteti magistratura bosqichi talabalari va doktorantlar uchun “O‘zbekistonda inklyuziv taʼlim” mavzusiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi.

Tadbir davomida mamlakatimizda inklyuziv ta’limni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, mavjud imkoniyatlar, shuningdek, rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun metodik yondashuvlar va ta’lim tizimidagi yangiliklar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Shuningdek, ushbu yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini oshirish va bu jarayonda hamkorlik aloqalarini yanada takomillashtirish yo‘nalishlari ham muhokama qilindi. 

Bundan tashqari, seminarda “O‘zbekistonda inklyuziv taʼlim” mavzusida taqdimot qilinib, unda ishtirokchilarga ta’lim jarayonida barcha bolalar uchun teng imkoniyat yaratish, maxsus yordamga muhtoj o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, pedagoglar tayyorgarligi va xalqaro tajribalarni joriy etish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.