
Joriy yilning 21-noyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish” Smart-ED qo‘shma loyihasi doirasida navbatdagi onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Unda YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Cambridge University Press & Assessment ekspertlari hamda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Bilim va malakalarni baholash agentligi, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda ekspertlar tomonidan ishlab chiqilayotgan “Ta’lim natijalarini baholashning milliy modeli” loyihasining umumiy tuzilmasi, mavjud bo‘limlarning joriy holati, xususan, “Tanlanma asosida o‘tkaziladigan xalqaro baholash” bobining mazmuni atroflicha ko‘rib chiqildi.
Kelgusidagi ish rejasi, metodologik yondashuvlar hamda xalqaro baholash tajribalarini milliу tizimga integratsiya qilish bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlandi.
Uchrashuv yakunida milliy baholash modelini takomillashtirish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.