
Joriy yilning 30-oktyabr kuni Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan “AKT va sun’iy intellekt sohasida O‘zbekiston o‘qituvchilari uchun kompetensiyalar ramkasi” mavzusida seminar tashkil etildi.
Mazkur tadbirda sohaga oid tashkilotlar vakillari qatorida Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi xodimlari ham ishtirok etdi.

Seminar davomida dastlab, “AKT va sun’iy intellekt sohasida O‘zbekiston o‘qituvchilari uchun kompetensiyalar ramkasi” taqdimoti o‘tkazildi. Shundan so‘ng ishtirokchilar AKT va sun’iy intellekt yo‘nalishlari bo‘yicha guruh muhokamalarida qatnashdilar.

Tadbirning ikkinchi qismida ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash masalalari yuzasidan yalpi muhokamalar o‘tkazilib, bu jarayonlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.