
Joriy yilning 30-oktyabr kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti hamkorligida umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun Oliy Majlisi Senatiga ekskursiya tashkil etildi.

“Siyosiy savodxonlikni oshirish haftaligi” doirasida o‘tkazilgan tadbir davomida o‘quvchilar Senat faoliyati, kutubxonasi hamda mediamarkazi bilan tanishdilar.
Shuningdek, ular uchun Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti vakillari bilan ochiq muloqot ham tashkil etildi.

Uchrashuvda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning natijalari hamda qonunchilikka oid qator masalalar yuzasidan fikr almashildi.