Oʻzbekiston ekspertlari monitoring va baholash tizimlarining kelajagiga oid xalqaro muhokamalarda ishtirok etmoqda

21.11.2025

Joriy yilning 18–21-noyabr kunlari Qirgʻizistonning Bishkek shahrida Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tashabbuslar milliy instituti, BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP), BMT Aholi jamgʻarmasi (UNFPA), UNICEF, Qirgʻiziston xalqaro universiteti, Global parlamentariylarning baholash forumi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan “Bishkek Baholash Forumi 2025: Baholash tizimlari va salohiyatlari bo‘yicha muloqot” xalqaro anjumani boʻlib oʻtmoqda.

Mazkur tadbirda Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bo‘lim boshlig‘i Xabibullo Nosirov ham ishtirok etmoqda.
Forum doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlarida monitoring va baholash tizimlarining bugungi holati, milliy baholash tizimlarini mustahkamlash, baholash jarayonida innovatsiyalar va sunʼiy intellektdan foydalanish, davlat sektorida baholash mutaxassislari salohiyatini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashilmoqda.

Shuningdek, Barqaror rivojlanish maqsadlariga (SDG) erishish jarayonida milliy baholash tizimlarini shakllantirishga bag‘ishlangan tematik sessiyalar o‘tkazilmoqda.