Markaz raqami
+998 55 519-02-02
Markaz raqami
+998 55 519-02-02
2025-yil 31-iyul kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Markaz direktori v.v.b. Yuliya Risyukova, tegishli boshqarma va bo‘lim rahbarlari, shuningdek, Yoshlar parlamenti raisi Laylo Aslonova hamda uning o‘rinbosari Ibrohimjon Jo‘raboyev ishtirok etdi. Uchrashuv davomida yoshlarni psixologik qo‘llab-quvvatlash,...
Joriy yilning 30-iyul kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida Hindiston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Smita Pant xonim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida tomonlar ta’lim sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, pedagogik tajriba almashish, shuningdek, maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma loyi...
Bugun, 25-iyul kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida YUNESKO vakillari va xalqaro ekspertlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Avval erishilgan kelishuvlar natijasiga koʻra, xalqaro talablarga mos pedagoglarning kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borish sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” tuzildi hamda ishchi guruh shakllantirildi. Shuningdek, tomonlar mazkur yoʻnalishdagi amaliy qadamlar va ekspertlik yordami koʻrsatish boʻy...
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi joylashtirilgan. Ushbu havola orqali qaror loyihasi muhokamasida ishtirok etib, oʻz fikrlaringizni bildirishingiz mumkin. Muhokama jarayonlari shu yilning 22-iyuliga qadar davom etadi.
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi ta’lim jarayoni ishtirokchilarini psixologik qo‘llab-quvvatlashni takomillashtirishga yo‘naltirilgan eng yaxshi o‘quv-uslubiy resurslar tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda maktab psixologlari, psixologik-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etishlari mumkin. Ular o‘zlarining o‘quv, uslubiy yoki tavsiyaviy qo‘llanmalari...